Qozog`istonda uchta yangi viloyat tashkil etish bo`yicha prezident Qasim-Jomart Toqaev tegishli farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, Abay, Jetisu, Ulitau viloyatlari tashkil etildi. Bu haqda "Zamon" nashri xabar qildi.
Abay viloyatining ma`muriy markazi Semey bo`lib, viloyat tarkibiga Sharqiy Qozog`iston viloyatidan Oqsuat, Abay, Ayag`oz, Beskarag`ay, Boroduluxa, Jarma, Urjar, Ko`kpekti tumanlari, Semey va Kurchatov shaharlari kiritildi.
Jetisu Taldiqo`rg`on viloyatning ma`muriy markazi hisoblanadi. Olmaota viloyatidan yangi hududga Oqsuv, Alakol, Eskeldin, Karatal, Kerbulak, Koksu, Panfilov, Sarkan tumanlari hamda Taldiqo`rg`on va Tekeli shaharlari kiradi.
Ulitau viloyati esa Qarag`anda viloyatidan ajratilgan Janaariq, Ulitau tumanlari hamda Jezqozg`an, Karajala va Satpaev shaharlarini o`z ichiga oladi. Uning markazi Jezqozg`an shahri bo`ladi.
Hukumatga Oliy sud, Oliy sud Kengashi va davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu farmonni amalga oshirish uchun tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va boshqa choralarni ko`rish vazifasi topshirildi.
Bundan tashqari, Olmaota viloyatining ma`muriy markazi Taldiqo`rg`ondan Qo`naev (avvalgi Kapshag`ay) shahriga ko`chirildi.