AsosiyJamiyat

Jizzaxda yo`lovchi talashgan "Lacetti" haydovchisi taksichilardan birini sudrab ketdi (video)

'Jizzaxda yo`lovchi talashgan "Lacetti" haydovchisi taksichilardan birini sudrab ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Mirzacho`l tumani Gagarin shaharchasida yo`lovchi talashgan taksichilar o`rtasida janjal yuzaga kelgani, ulardan biri ikkinchisini mashinasining kapotida sudrab ketgani tasvirlangan video tarqaldi. 

Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB tomonidan olib borilgan surishtiruvda aniqlanishicha, bir nechta haydovchilar yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanish uchun maxsus lisenziyaga ega bo`lmay turib, yo`lovchi (mijoz) talashgan va o`rtada nizoli holat yuzaga kelgan. Oqibatda "Lacetti" haydovchisi o`zga bir shaxsning hayotiga xavf soluvchi hamda yo`l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan harakatni amalga oshirgan.

    Boshqa yangiliklar