AsosiyJamiyat

Besh kun davomida Farg`ona viloyatida ommaviy qabullar o`tkaziladi

'Besh kun davomida Farg`ona viloyatida ommaviy qabullar o`tkaziladi'ning rasmi

Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, echimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o`rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublika viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, qabullarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish, Sog`liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo`llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, Xalq ta`limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,  "Hududgazta`minot" AJ, “O`zsuvta`minot” AJ, Avtomobil yo`llari qo`mitasi, Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi. 

Mazkur qabullar joriy yilning 5-11 may kunlari Farg`ona viloyatidan boshlanadi. 

Ommaviy qabullar o`tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Farg`ona viloyatida o`tkaziladigan 
ommaviy qabullar jadvali

Aholi keladigan

hududlar nomi

Ommaviy qabul o`tkaziladigan joySana va vaqti
Qo`qon sh. Dang`ara,O`zbekiston , Beshariq va Furqat tumanlari aholisi uchunQo`qon universiteti binosi5 may, 
soat 12:30 da
Bog`dod, Buvayda, Uchko`prik,Rishton va So`x tumanlari aholisi uchunBog`dod tumanidagi Konizar Nuroniylar bog`i6 may, 
soat 10:00 da
Qo`shtepa,Yozyovon, Oltiariq tumanlari aholisi uchunQo`shtepa tumanidagi 1-IDUM (eski Transport kolleji)7 may, 
soat 10:00 da
Marg`ilon sh., Toshloq, Quva tumanlari aholisi uchunMarg`ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog`i 10 may, 
soat 10:00 da
Farg`ona t, Farg`ona sh, Quvasoy sh. aholisi uchunFarg`ona tumanidagi Mozortagi istirohat bog`i11 may, 
soat 10:00 da

Ommaviy qabullar o`tkaziladigan ba`zi joylar ob`ektiv sabablar tufayli o`zgarishi mumkin. Shuning uchun bir kun avval Farg`ona viloyati Xalq qabulxonasi telefon raqami orqali: +998 73-244-10-00 aniqlik kiritib kelishingiz so`raladi. 

Darakchi.uzni kuzatishda davom etingyu Keyingi viloyatlardagi ommaviy qabullar haqida oldindan ma`lumotlar berib boriladi.

    Boshqa yangiliklar