AsosiyJamiyat

Osiyo o`yinlarida sovrindor o`zbek sportchilari qay tartibda mukofotlanishi ma`lum bo`ldi

'Osiyo o`yinlarida sovrindor o`zbek sportchilari qay tartibda mukofotlanishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

"2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo`lib o`tadigan XIX  yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o`yinlariga O`zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to`g`risida" Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra:

a) Osiyo va Paraosiyo o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan O`zbekiston sportchilariga:

oltin medal uchun – 5 000 AQSh dollari;

kumush medal uchun – 3 000 AQSh dollari;

bronza medal uchun – 2 000 AQSh dollari;

b) Osiyo va Paraosiyo o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan O`zbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlarga:

oltin medal uchun – 2 500 AQSh dollari;

kumush medal uchun – 1 500 AQSh dollari;

bronza medal uchun – 1 000 AQSh dollari;

v) Osiyo va Paraosiyo o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan O`zbekiston sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, dietolog, massajist va boshqalar)ga:

oltin medal uchun – 2 000 AQSh dollari;

kumush medal uchun – 1 000 AQSh dollari;

bronza medal uchun – 500 AQSh dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag`batlantiriladi.

    Boshqa yangiliklar