AsosiyJamiyat

Go`shtni qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish muddati uzaytirildi

'Go`shtni qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish muddati uzaytirildi'ning rasmi

 Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, O`zbekistonga o`simlik yog`i, kungaboqar va zig`ir urug`i, soya danagini olib kirish, shuningdek o`simlik yog`ini ishlab chiqarish va (yoki) realizasiya qilish bo`yicha aylanma qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2022 yil 30 aprelgacha edi.

Go`shtni (mol go`shtini, qo`y go`shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo`yni) va ularni so`yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizasiya qilish bo`yicha aylanma, shuningdek ularni O`zbekistonga olib kirishda qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.

Tovuq go`shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha imtiyoz 2022 yil 30 aprelgacha etib o`zgartirishsiz qoldirildi.

2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargacha Mo`ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar:

  • ️foyda, aylanmadan olinadigan, ijtimoiy va daromad solig`ini 1 foizda to`laydi;
  • ️yuridik shaxslarning mol-mulk, er va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlari 1 foizda to`laydi.

️ Bo`yalgan matoni, bo`yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlar 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to`laydi.

 

    Boshqa yangiliklar