9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab Toshkent shahrida bayram salyuti otilishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi AOKAda o`tkazilgan brifingda xabar qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan sana munosabati bilan frontdan kelgan maktublarni jamlagan «Askar maktublari» hamda «Vatan fidoyilari» kitoblarining nusxalari tayyorlangan bo`lib, ularni bayram arafasida nashrdan chiqarish ko`zda tutilgan.
Bundan tashqari, «G`alaba bog`i» yodgorlik majmuasida , «Vatan uchun jon fido qilganlar yodi mangu barhayot» nomli ekspozisiya yaratilgan. Mazkur ekspozisiya orqali Ikkinchi jahon urushida bir oilaning ikki va undan ortiq qatnashgan farzandlari yod etiladi.
Ma`lum qilinishicha, bayram salyuti poytaxtimizda 9—may kuni soat 21:00 atrofida tashkil etiladi.






