AsosiyJamiyat

Taraqqiyot dasturida 2026 yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz – Prezident

'Taraqqiyot dasturida 2026 yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz – Prezident'ning rasmi

Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo`yicha yig`ilish boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida o`tgan besh yilda:

- 465 million dollarlik investisiyalar o`zlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirilgani;

- ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga (4 trillion so`mdan 17 trillion so`mga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oshgani;

- tarmoqda ish o`rinlari soni 2 barobarga oshib, 32 mingtaga etgani ta`kidlandi.

“Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026 yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz.

Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi. Uni o`zimizda chuqur qayta ishlab, raqobatdosh tayyor mahsulotlarni eksportga yo`naltirish zarur”, dedi Prezident.

Buning uchun “ta`lim – innovasiya – ishlab chiqarish – servis” yaxlit zanjirini o`z ichiga olgan sanoat klasteri tashkil etish shartligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar