Prezident qilinishi lozim navbatdagi ishlarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eng avvalo, joriy yilda ishlab chiqarishni kamida 20 foizga oshirish vazifasi qo`yildi.
“O`zeltexsanoat” uyushmasi raisi yangi loyihalar bo`yicha tinimsiz izlanishi shartligi ko`rsatib o`tildi.
Misol uchun, 2021 yilda o`zimizda ishlab chiqarish mumkin bo`lgan 1,3 mlrd dollarlik elektrotexnika mahsulotlari import qilingan.
Joriy yilda 500 ming xonadon ichimlik suvi bilan ta`minlanadi. Bu, ularga suv isitish qozon va quyosh kollektorlari, suv hisoblagichlari kerak, degani.
Toshkent va Namanganda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha loyihalarni boshlashga ko`rsatma berildi.
Umuman, joriy yilda 250 million dollarlik 86 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Lekin bu etarli emasligi qayd etildi.
“Jizzaxda 1 ta, Qoraqalpog`iston, Qashqadaryo va Surxondaryoda 2 tadan, Buxoro, Namangan va Xorazmda 3 tadan loyihani ishga tushirish bo`yicha rejalar meni qoniqtirmaydi. Har bir viloyat hokimida kamida 100 million dollarlik yangi elektrotexnika loyihalari bo`lishi shart”, dedi Prezident.






