Kecha, 6 may kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Mo`ynoq tumani, Orolbo`yida “STIXIYa” elektron musiqa, san`at va ilm-fan festivali boshlandi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri Karim Zaripov xabar bermoqda.
Ushbu festival ilk bor “Fakultet akustiki” MChJ tashabbusi bilan 2018 yilda Mo`ynoq tumanida tashkillashtirilgan. Shundan buyon keng miqyosda o`tkazilib kelinadi. Bu yili festival to`rtinchi marotaba o`tkazilmoqda va Markaziy Osiyo miqyosdagi noyob madaniy va ko`ngilochar tadbirga aylanib ulgurdi.
2022 YILDA FESTIVAL DOIRASIDA:
* Sahnalar soni 3ta (texno, progressiv va etno).
* Musiqachilar soni 5 barobarga ko`p.
* Mo`ynoqning rivojlanishiga qaratilgan qo`shimcha loyihalar ishga tushirilmoqda.
* Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar soni 2 baravar ko`paygan.
FESTIVALNING ASOSIY MISSIYaSI - MO`YNOQ ShAHRI VA OROLBO`YI HUDUDINING RIVOJLANIShIGA KO`MAKLAShIShDAN IBORAT.
Festivalning vazifalari quyidagilardan iborat:
- yurtimizga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini oshirish;
- ichki turizmni faollashtirish ;
- hududga bo`lgan e`tiborni jamlash va muammolarning echimini topish;
- O`rta Osiyoda noyob bo`lgan ommaviy tadbirni yaratish.
Festival haqida qo`shimcha ma`lumotlarni darakchi.uzda kuzatib boring.