Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining 16-maktab o`quvchisi o`z joniga qasd qildi. Voqea haqida xabar bergan "Nasafnews" muxbirining aytishicha, voqea joriy yilning 5 may kuni sodir bo`lgan.
Maktabning 9-D sinfida o`quvchisi E.Q.(qiz bola) darsdan so`ng uyiga borib, arqon bilan o`zini osib, joniga qasd qilgan va vafot etgan.
Qo`shimcha qilinishicha, qiz 2006 yil tug`ilgan. Voqeadan avval o`qituvchilardan biri uni telefondan foydalangani uchun tergagan va dars vaqtida telefon ishlatish mumkin emasligini aytgan.
Holat yuzasidan hozirda Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Nishon tumanidagi o`quvchi qizlar o`z joniga qasd qilgani xabar qilingandi.