AsosiyJamiyat

Andijonda "Nexia-3" bilan sodir bo`lgan YTHda "Tico" ikkiga bo`linib ketdi

'Andijonda "Nexia-3" bilan sodir bo`lgan YTHda "Tico" ikkiga bo`linib ketdi'ning rasmi

Andijonda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 6 may kuni soat 10:00 larda, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Segazaqum MFY hududidan o`tuvchi A-373 "O`sh-Andijon-Toshkent" avtomobil yo`lining 412-kilometrida haydovchi, 1973 yilda tug`ilgan Q.X. boshqaruvidagi "Tico" rusumli hamda haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan X.B. boshqaruvida bo`lgan "Nexia-3" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.

 YTH natijasida "Tico" rusumli avtomobil haydovchisi Q.X. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar