AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo 36 darajagacha isiydi

'Bugun O`zbekistonda havo 36 darajagacha isiydi'ning rasmi

"O`zgidromet" markaz xabariga kushra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`iadi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarida 15-20 m/s gacha, ba`zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to`zon kuzatilishi mumkin. Havo 31-36° gacha isiydi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar