“Tolibon” etakchisi Haybatulloh Oxundzoda Afg`onistonda ayollarga yuzlarini ochiq holda ko`chaga chiqishni taqiqlovchi farmon chiqardi, deya xabar bermoqda trend.az “Al Jazeera”ga tayanib.
Farmonda aytilishicha, ayollar burqa - musulmon ustki kiyimini tana va yuzni qoplaydigan kiyim kiyishlari shart.
Farmon talablarini buzgan ayollar uchun javobgarlik uning otasi yoki boshqa yaqin erkak qarindoshi zimmasiga tushadi. Ular ishdan bo`shatish yoki ozodlikdan mahrum qilishgacha bo`lgan jazoga tortiladi.
Pyni paytda afg`on ayollarining aksariyati boshlarini ro`mol bilan o`rashadi, lekin ko`pchilik, ayniqsa, shaharlarda yuzlarini ochiq qoldiradilar.






