AsosiyDunyo

Tojikiston chegara xizmati Afg`onistondan raketa zarbasi berilganini tasdiqladi

'Tojikiston chegara xizmati Afg`onistondan raketa zarbasi berilganini tasdiqladi'ning rasmi

Tojikiston chegara xizmati Afg`onistondan raketa zarbasi berilganini tasdiqladi.  Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Shunday qilib, 4 ta snaryad Amudaryoga, yana 3 tasi yaqin atrofdagi o`rmonga tushgan.

Hodisa Xatlon viloyatining Farxor tumanida sodir bo`lganini Sputnik Tojikistonga chegara xizmatidagi manba ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, favqulodda hodisa natijasida respublika harbiy xizmatchilari va mahalliy aholi jabrlanmagan.

"Chegarachilar afg`on terrorchilari bo`lgan mashinani ko`rdi. Mashina yonib ketdi, uch nafar hujumchi yaralandi, biri ayniqsa og`ir", - dedi manba.

Uning ta`kidlashicha, hodisa "jiddiy emas, aholi xavotirga tushmasligi kerak".

Avvalroq afg`on matbuoti voqea haqida xabar bergan edi. Ularga ko`ra, noma`lum jangarilar Taxar viloyatining Xo`ja Go`ri tumanidagi Tojikiston-Afg`oniston chegarasida “Toyota” rusumli avtomashinadan 7 ta raketa otgan, so`ng qochib ketgan.

Afg`onistonning Tojikiston bilan chegaradosh viloyatida portlash sodir bo`lgan. Jurnalistlardan birining qayd etishicha, bunga javoban tojik harbiylari o`t ochgan.

Afg`oniston matbuotiga ko`ra, Tolibon voqeada “Islom davlati” terrorchilari zimmasiga olgan*. Shuningdek, “Jamoat Ansorulloh*” tashkiloti jangarilari respublikaga hujum qilgani haqida xabarlar bor.

 

    Boshqa yangiliklar