AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

'Toshkent shahrida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.A. fuqarolar H.N. va Q.A.dan kuchli ta`sir qiluvchi 90 dona “Tebantin” nomli dori vositasini xarid qilganligi aniqlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Q.A.ga tegishli “Nexia” rusumli avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganda, yana 156 dona “Tebantin” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, hamkorlikda o`tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro Sh.X. xaridorga 1 dona “Tropikamid” nomli dori vositasini 100 ming so`mga sotganligi aniqlanib, Sh.X. va uning sherigi M.R.ning yonidan o`tkazish maqsadida saqlab kelinayotgan 10 dona “Tropikamid” va 45 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar