Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan 42-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi vafot etdi. Bu haqda "Nasafnews" xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, voqea joriy yilning 7 may kuni sodir bo`lgan.
2005 yilda tug`ilgan E.Sh. (o`g`il bola) darsdan so`ng uyi yaqinidan o`tgan magistral kanalga cho`milish uchun kirib, suv ko`p kelishi oqibatida cho`kib halok bo`lgan.
Qo`shimcha qilinishicha, baxtsiz hodisa Nishon tumani Shirinobod mahallasi hududida sodir bo`lgan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tekshiruv o`tkazayotgani aytilmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq viloyatning Qamashi tumani va Qarshi shahridagi maktablarida o`quvchi 2 nafar o`quvchi qizlar ham halok bo`lgani haqida xabar qilgandik. Ular yuqoridagi voqeadan farqli o`laroq o`z joniga qasd qilgani aytilgandi.






