Buyuk Britaniya Rossiya va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi. Bu haqda ingliz OAV xabari asosida Pravda ma`lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur ikki mamlakatga qarshi savdoga oid yangi sanksiyalar paketini 1,7 milliard funt sterling miqdorida e`lon qildi.
“Bu Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishi boshlanganidan beri to`liq yoki qisman import-eksport sanksiyalariga duchor bo`lgan tovarlarning umumiy qiymatini 4 milliard funt sterlingdan oshadi”, — deyiladi hukumat bayonotida.






