2022 yil 10 may kuni soat 08:30 dan 11 may kuni soat 06:30 ga qadar “Toshkent MTU” UK yo`lsozlari tomonidan “Toshkent-Xojikent” yo`nalishida kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar bermoqda.
Poezdlar harakat xavfsizligi hamda yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash maqsadida, 2022 yil 10 may kuni “Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan 6429, 6430, 6435, 6436, 6437, 6441 hamda 11 may kuni ushbu yo`nalishda harakatlanadigan 6442, 6440-sonli shaharlararo yo`lovchi poezdlar qatnovi bekor qilinadi.
11 may kuni soat 06:30 dan boshlab, ushbu shaharlararo harakatlanadigan elektropoezdlar o`z harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi", - deyiladi xabarda.






