AsosiyDunyo

Turkmanistonda urush qatnashchilariga qanchadan mukofot puli berilishi ma`lum qilindi

'Turkmanistonda urush qatnashchilariga qanchadan mukofot puli berilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 6 may kuni bo`lib o`tgan Vazirlar Mahkamasi majlisida viloyatlar rahbariyati davlat rahbari topshirig`iga ko`ra faxriylarga, shuningdek, harbiy xizmatchining bevasiga sovg`a berish to`g`risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda "Xronika Turkmanistan" portali xabar bermoqda

Qayd etilishicha, urushda halok bo`lgan har biri 200 manat (davlat kursi bo`yicha 57,1 dollar yoki “qora bozor” kursi bo`yicha 10 dollar) va qimmatbaho sovg`alar beriladi.

Xuddi shu miqdorda faxriylar oldingi yillarda ham mukofotlangan. 

O`zbekistonda urush qatnashchilari va Leningrad blokadasidan omon qolganlarning har biriga 15 million so`mdan (1339 dollar) va qimmatbaho sovg`alar beriladi. Mamlakatda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qiladi.

Qirg`izistonda ushbu mukofot puli 1209 dollarni tashkil qiladi. Mamlakatda 107 nafar faxriy bor. Qozog`istonda to`lovlar miqdori faxriyning yashash joyiga va uning maqomiga bog`liq. Jumladan, Nur-Sulton va Olmaotada faxriylarning har biriga 1 million tenge (2229 dollar), Aqto`beda esa 2 million tenge (4459 dollar) beriladi. Mamlakatda 387 nafar urush qatnashchisi bor.

Tojikistonda ham to`lov hududga bog`liq. Masalan, Dushanbeda faxriylar 3000 somoniy (240 dollar), So`g`d viloyatida esa 480 dollar oladi. Mamlakatda 59 nafar faxriy mavjud.

    Boshqa yangiliklar