Qurg`oqchilik, pandemiya inqirozi va Ukrainadagi janglar global ochlikni kuchaytirishi bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Svenya Shulse.
Uning ta`kidlashicha, koronavirus, kuchli qurg`oqchilik va Ukrainadagi mojaro tufayli “dunyo bo`ylab oziq-ovqat narxlari uchdan biriga oshgan hamda rekord darajaga etgan”.
"Jahon oziq-ovqat dasturining hisob-kitoblariga ko`ra, dunyoda 300 million odam ochlikdan aziyat chekmoqda va bu hisob-kitoblar doimiy ravishda yuqoriga qarab ko`tarilmoqda", - deydi vazir.






