9-20 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi jahon chempionati o`tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Ayni damda Sportni rivojlantirish vazirligining ma`lum qilishicha, kecha ayollar o`rtasida -70 kg vazn toifasida jang qilgan Xadichabonu Abdullaeva Kayman orollari vakilasi Angel Xepsebeni 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Qayd etilishicha, Xadichabonu 13 may kuni chorak final yo`llanmasi uchun avstraliyalik Key Skottga qarshi ringga chiqadi.






