AsosiyJamiyat

11-12 may kunlari Toshkentda ShHTiga a`zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi o`tkaziladi

'11-12 may kunlari Toshkentda ShHTiga a`zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi o`tkaziladi'ning rasmi

2022 yil 11-12 may kunlari Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo`lida o`zaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo`lib o`tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Tadbir O`zbekistonning ShHTga raisligi tashabbusida o`tkaziladi.

Forumda ShHTga a`zo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Forum avvalida ishtirokchilarga tabrik nutqlari bilan O`zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Narbaeva, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo`mitasi raisi o`rinbosari, ShHTning yaxshi qo`shnichilik, do`stlik va hamkorlik bo`yicha Xitoy qo`mitasi raisi Shen Yueyue va O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov so`zga chiqadi.

Ikki yo`nalishda bo`lib o`tadigan yalpi majlisda – “Xalqaro hamkorlikda xalq diplomatiyasining o`rni” va “Xalq diplomatiyasi – zamonaviy davlatlararo muloqotning muhim elementi: ShHTga a`zo davlatlarning tajribasi” mavzularida ishtirokchilar “ShHT oilasi” mamlakatlari o`rtasidagi ko`p qirrali aloqalarni mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan samarali foydalanish yo`llarini muhokama qiladilar.  

Forum yakunlari bo`yicha ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesini qabul qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar