AsosiyDunyo

Koronavirus sabab uzunligi bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turuvchi metro faoliyati to`xtatildi

'Koronavirus sabab uzunligi bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turuvchi metro faoliyati to`xtatildi'ning rasmi

Xitoyning Shanxay shahrida koronavirus bilan bog`liq vaziyat sababli harakatda bo`lgan ikkita metro liniyasi faoliyati to`xtatildi. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda

"10 may soat 13:00 dan boshlab Shanxay metrosining oltinchi va o`n oltinchi yo`nalishlari o`z faoliyatini to`xtatadi. Ayni paytda Shanxay metrosining barcha yo`nalishlari va stansiyalari o`z faoliyatini to`xtatdi", - deyiladi xabarda. 

Shanxay metrosi uzunligi bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turadi - 831 kilometr, 20 liniya va 508 stansiyaga ega. COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin yo`lovchi tashish kuniga o`n milliondan ortiq kishini tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar