AsosiyJamiyat

O`zbekiston 140 chi davlat bilan diplomatik aloqalar o`rnatdi

'O`zbekiston 140 chi davlat bilan diplomatik aloqalar o`rnatdi'ning rasmi

AQShning Nyu-York shahrida O`zbekiston Respublikasi bilan Sent-Vinsent va Grenadin orollari o`rtasida diplomatik munosabatlari o`rnatish to`g`risidagi Qo`shma kommyunike imzolandi, deya xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Hujjat mamlakatlar hukumatlari nomidan ularning BMTdagi doimiy vakillari, Baxtiyor Ibragimov hamda Inga Ronga King tomonidan imzolandi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjatning imzolanishi O`zbekistonning Karib dengizi havzasi mamlakatlari bilan hamkorligini faollashtirish yo`lidagi muhim qadam bo`ldi.

Ma`lumot uchun, Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining g`arbiy qismida joylashgan davlat hisoblanadi. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020-2021 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo`lmagan a`zosi, 2018-2019 yillarda esa tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar