Turzim va madaniy meroslar vazirligining ma`lum qilishicha, “Chorvoq” turistik rekreasion zonasi ishtirokchilariga kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig`idan, er solig`idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan kiritilgan investisiyaga binoan quyidagi muddatlarga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi:
300 mln AQSh dollaridan 3 mln AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar – 3 yil muddatga;
3 mln AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar – 5 yil muddatga;
5 mln AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar – 7 yil muddatga.
10 mln AQSh dollari va undan ortiq investisiya kiritilganda — 10 yil muddatga, keyingi 5 yil mobaynida foyda solig`i va yagona soliq to`lovi stavkalari amaldagi stavkalardan 50 foiz past miqdorda qo`llanilgan holda beriladi.
“Chorvoq” turistik rekreasion zonasi ishtirokchilari quyidagi to`lovlardan ozod etiladi:
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investisiya bitimiga muvofiq investisiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to`lovlari (bundan qo`shimcha qiymat solig`i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlar mustasno);
tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha texnologik uskunalarning o`xshashi O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to`lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlar mustasno).
Import bo`yicha: “Chorvoq” turistik rekreasion zonasi ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo`shilgan qiymat solig`ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to`lashi mumkin.
Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo`shilgan qiymat solig`i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo`lgan qo`shilgan qiymat solig`i summasining o`rni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga etti kun davomida soddalashtirilgan tartibda qoplab beriladi.
To`langan qo`shilgan qiymat solig`i summasi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga O`zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplab beriladi.
Yangi dor yo`llarini qurish va jihozlash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratib beriladi:
Davlat subsidiyasi yo`lovchi tashuvchi yangi dor yo`llarini 2023 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirish va uzunligi bir tomonga 500 metrdan kam bo`lmaslik sharti bilan yangi dor yo`llarini qurish va jihozlash bo`yicha dastlabki 50 ta loyihaga ajratiladi.
Davlat subsidiyasi bir marta ajratiladi hamda uning miqdori har 500 metr yo`l uchun 1 milliard so`mni tashkil qiladi.
Yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplab beriladi.
- 3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam bo`lmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam bo`lmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2023 yil 31 dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi, bunda;
- 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 mln so`m;
- 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 mln so`mni tashkil qiladi.
Shuningdek dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi rezidentlari bo`lgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing to`g`risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan quyidagi hajmda qisman moliyalashtiriladi:
- mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;
dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida.
Bundan tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi ko`pi bilan 10 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi hududiga 2024 yil 1 yanvarga qadar olib kirishda quyidagi tovarlar va transport vositalari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona boji bo`yicha imtiyozlari belgilangan.
Dor (osma) yo`llari, tog`-chang`i ko`targichlar, funikulyorlar va boshqa o`xshash obektlar, “banji-jamping” va “ziplayn” attrasionlari, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, «buggy car», faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g`ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan “fudtrak” er usti transport vositalari, motorli qayiq va kvadrosikllar.






