Joriy yilning 9 may kuni taxminan soat 07.24da Toshkent–Xo`jakent yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan elektropoezd Salar–Nurhayot temir yo`l bekatlari oralig`ida no`malum fuqaro yotganligi sababli favqulodda to`xtagan. Xodimlar uni tezkorlik bilan temir yo`l izidan olib, tez yordam chaqirtirgan. Bu haqda POSTDA sayti xabar bermoqda.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganida, ushbu fuqaro Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi S.M ismli fuqaro ekanligi va spirtli ichimlikni me`yoridan ortiq iste`mol qilishi natijasida mast holatda temir yo`l izida uxlab qolganligi aniqlangan.
Fuqaro ma`muriy sudi qaroriga asosan Toshkent shahar IIBBga qarashli reabilitasiya markaziga joylashtirilgan.






