Avval xabar berganimizdek, kecha, 10 may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog`li hududi “Bog`iston” MFY “Zoxona” qishlog`ida qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.
Hodisa oqibatida ushbu hududda o`zining “Nexia" rusmli avtomashinasida bo`lgan Uzun tumani "Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan edi.
FVV qutqaruvchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jaryonida avtomobil va bir nafar fuqaro “To`palang” daryosi o`zanidan topildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.






