AsosiySport

UEFA evrokuboklar formatiga o`zgartirish kiritdi

'UEFA evrokuboklar formatiga o`zgartirish kiritdi'ning rasmi

UEFA 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab evrokuboklar, shu jumladan Evropa Chempionlar ligasi formatiga o`zgarishlar kiritilishini 'e`lon qildi. 

Qayd etilishicha,  Evropa Chempionlar Ligasi ishtirokchilari soni 32tadan 36taga oshiriladi. 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab guruh bosqichi o`rniga 36ta klubdan iborat yagona liga tashkil etiladi.

Turnir eng kamida 8 turdan iborat bo`lib, shundan so`ng eng yaxshi 24ta jamoa pley-off yo`llanmasini qo`lga kiritadi. Sakkizta eng yaxshi natijaga ega jamoa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga, qolgan 16ta jamoa – 9-24-o`rin egalari 1/16 finalga yo`llanma olib, pley-offda ikkita o`yin o`tkazadi. 

Xuddi shunday format Evropa ligasi va Konferensiyalar ligasi ham shu tizimda o`tkaziladi

    Boshqa yangiliklar