AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 25 yoshli yigit suv omboriga cho`kib ketdi

'Qashqadaryoda 25 yoshli yigit suv omboriga cho`kib ketdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Qiziltepa mahallasida yashagan 25 yoshli yigit suv omboriga cho`kib ketdi. Bu haqda "Nasafnews" xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 1997 yilda tug`ilgan U.J. hududdagi Langar suv omboriga cho`milish uchun o`rtog`lari bilan borgan. Kecha, 10 may kuni tushdan keyin omborga tushib cho`kib ketgan.

Hozirda Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yigitning jasadini suv omboridan qidirmoqda va hozircha uning jasadi topilgani yo`q. 

    Boshqa yangiliklar