AsosiyJamiyat

Samarqandda gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfurushlar qo`lga olindi

'Samarqandda gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfurushlar qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqandda propan gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfurushlar qo`lga olindi, ballondagi gaz portlashidan olgan jarohat ularni fosh qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tojikiston Respublikasining Dushanbe va Boxtar shaharlarida yashovchi 1978 yilda tug`ilgan D.O. hamda S.S.lar propan gaz balloni ichiga yashirincha joylashtirilgan “opiy” giyohvandlik moddasini Tojikistondan O`zbekistonga olib o`tishadi va sotish maqsadida Urgut tumanida yashovchi tanishi, 1979 yilda tug`ilgan M.F.ning yashash xonadoniga kelishgan.

Ular propan gaz balloni ichidan giyohvandlik moddalarini olayotganida gaz chaqnashi oqibatida kuyib, tuman shifoxonasiga borishadi. Tez orada gaz ballonida yana nimalar borligi ma`lum bo`ladi...

O`tkazilgan tekshiruvlar natijasida propan gaz balloni ichida sellofan paketga o`ralgan 244,19 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda hujjatlashtirildi.

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan o`tkazilgan yana bir tadbirda esa Ishtixon tumanida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan Q.A. boshqaruvida bo`lgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinada 1 kg. 8,16 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar