AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...

'Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra,  bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkinligi aytiladi. Shuningdek, ma`lum qilinishicha momaqaldiroq ham bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.

Poytaxt Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-28° bo`ladi.

Qayd etilishicha, tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`iadi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar