Shimoliy Koreya rasman mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning birinchi holatini qayd etdi. Bu haqda mamlakat agentligi xabar berdi, deya yozmoqda Zamon.uz.
Unga ko`ra, 8 may kuni Pxenyan aholisidan olingan tahlillar natijasi asosida COVID-19'ning omikron shtammi bilan zararlanish qayd etilgan. Shu munosabat bilan Koreya mehnat partiyasi Markaziy Qo`mitasi yig`ilishi chaqirilgan. Unda Kim Chen In murojaat bilan chiqqan. U kasallik tarqalishining oldini olish uchun davlat chegaralari nazoratini kuchaytirish bo`yicha topshiriq bergan.
O`z navbatida Janubiy Koreya Pxenyanga gumanitar yordam ko`rsatishga tayyorligini ma`lum qilgani aytiladi.
Ma`lumot uchun, KXDR koronavirus rasman aniqlanmagan kam sonli davlatlardan biri bo`lib qolayotgan edi.