Bojxona qo`mitasi bu haqda Darakchi.uz'ga xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaroning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortgan va ushbu shaxs o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilgan.
Natijada, uning yuklari orasida umumiy qiymati 333 million so`mlik 300 dona kosmetologiyada foydalanadigan vositalar borligi aniqlangan.
"Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda",-deyiladi xabarda.






