AsosiyDunyo

Qozog`iston shakar eksportini taqiqladi

'Qozog`iston shakar eksportini taqiqladi'ning rasmi

Qozog`istondan shakar mahsulotlari olib chiqish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda mamlakat qishloq xo`jaligi vaziri buyrug`i e`lon qilindi, deya yozmoqda "Zamon" nashri. 

Taqiq o`n kundan keyin kuchga kiradi. Ushbu tartib 6 oyga joriy etildi. Qishloq xo`jaligi vazirligiga amaldagi qonunchilik tartibida bu qaror to`g`risida Evroosiyo iqtisodiy komissiyasiga xabar berish topshirilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda iste`mol qilinadigan shakarning 58 foizi import qilinadi. Avgust oxiriga qadar EOIIga kirmaydigan davlatlar mamlakatga hech qanday bojsiz 250 ming tonna shakar olib kirishi mumkin.

Avvalroq Qozog`iston vaqtinchalik g`alla va un eksportini cheklab qo`ygandi. 

 

    Boshqa yangiliklar