AsosiyJamiyat

Toshkentdagi shifoxonada ayol va erkak mushtlashib ketdi

'Toshkentdagi shifoxonada ayol va erkak mushtlashib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonada ayollar va erkak o`rtasidagi janjal aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilishicha, joriy yilning 4 may kuni taxminan soat 20.30 larda Yunusobod tumanida joylashgan xususiy klinikalardan birida 1992 yilda tug`ilgan ayol Y.L. va singlisi 1996 yilda tug`ilgan Y.X. shifokor ko`rigiga navbatsiz kirib ketgan. Bundan norozi bo`lgan navbatda turgan 1993 yilda tug`ilgan erkak M.S. e`tiroz bildirgan. Natijada ular o`rtasida o`zaro janjal chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") alomati bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar