1

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor faoliyatida manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilganligi holatlarini aniqladi

Jamiyat 15.05.2022, 00:29
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor faoliyatida manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilganligi holatlarini aniqladi

Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari faoliyatida manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilganligi holatlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. 

Xususan, Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosarlari va mazkur muassasa huzuridagi “Ho`jalik hisobidagi tibbiy ko`rik bo`limi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan mansabdor shaxslar ta`sischiligida “Toshkent shahar sog`liqni saqlash tibbiy diagnostika laboratoriyasi”  (“SS-LAB”)  MChJ tashkil qilinib, aholiga pulli to`lov asosida klinik diagnostika laboratoriya xizmatlarini ko`rsatish shaklidagi tadbirkorlik faoliyati yo`lga qo`yilgan.  

Bunda korxona tomonidan oilaviy va ko`p tarmoqli poliklinikalarda o`z filiallari tashkil qilinib, pulli xizmat bilan bog`liq faoliyat amalga oshirib kelingan.

Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016  yil 2  martdagi VMQ-62-sonli Qarori bilan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari” tasdiqlangan bo`lib, unda davlat xizmatchilari  faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlari to`qnashuvi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan majburiyatlar belgilangan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining 2022  yil  24  martdagi “Tibbiyot xodimlarining odob-ahloq kodeksini tasdiqlash haqida”gi (yangi tahrirdagi) 88-sonli buyrug`ida manfaatlar to`qnashuvi tibbiyot xodimlarining shaxsiy manfaatlari ularning o`z xizmat vazifalarini xolisona va beg`araz bajarishiga ta`sir ko`rsatadigan yoki ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan holatlarda paydo bo`lishi hamda tibbiyot xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to`qnashuviga sabab bo`ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo`l qo`ymasligiga doir aniq qoidalar bilan tartibga solingan.

Yuqoridagilarga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o`rganish natijalari bo`yicha aniqlangan holatlar yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritildi va to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1