O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari 13 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so`ng vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta`ziya marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat Prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazish ham rejalashtirilgan.
15.05.2022 15:22
Shavkat Mirziyoev BAAga jo`nab ketdi






