Kuni kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida "Yangi O`zbekiston" massivining loyiha taqdimoti o`tkazildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Loyihaga ko`ra, 64,6 gektarli maydonda 48 ta ko`p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 18 tasini 16 qavatli, 22 tasini 12 qavatli, 8 tasini 9 qavatli uylar tashkil etadi. Massivda 38 gektar maydonda “Yangi O`zbekiston bog`i”, uning tarkibida amfiteatr, bolalar va sport maydonchasi barpo etiladi.
Shuningdek, ikkita umumta`lim maktabi, ikkita maktabgacha ta`lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, mahalla markazi va tadbirkorlik binosi, savdo majmuasi qurilishi ham aytiladi.
"Loyihalar taqdimotidan keyin Qur`on tilovat qilinib, jonliq so`yildi. Shundan so`ng “Yangi O`zbekiston” massivi qurilish ishlariga start berildi",-deyiladi hokimlik xabarida.






