"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha havo iliq bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 25-30° gacha isiydi.
Toshkentda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo`lishi aytiladi.
Qayd etilishicha, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati esa 15-20° bo`ladi.






