AsosiyJamiyat

DXXning tezkor bo`linmasi boshlig`i Surxondaryo hokimiga o`rinbosar bo`ldi

'DXXning tezkor bo`linmasi boshlig`i Surxondaryo hokimiga o`rinbosar bo`ldi'ning rasmi

Abduraxmanov Abdurasul Nosirjon o`g`li Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari lavozimida ish boshladi.

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumotga ko`ra, U 1990 yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug`ilgan. 2012 yilda Davlat xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya, huquqshunos.

Qayd etilishicha, A.Abduraxmanov mehnat faoliyati davomida O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati idoralari ofiserlari tarkibida harbiy xizmatda mehnat qilgan.

"Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2019 yildan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi Tezkor bo`linma boshlig`i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar