AsosiyJamiyat

XTV maktablarda "So`nggi qo`ng`iroq" tadbirlarini qanday o`tkazish bo`yicha bayonot berdi

'XTV maktablarda "So`nggi qo`ng`iroq" tadbirlarini qanday o`tkazish bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

 

Xalq ta`limi vazirligi “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini o`tkazish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

Joriy yilning 25 may kuni barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalarida 2021-2022 o`quv yili yakunlanib, “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari bo`lib o`tadi.

Ushbu tadbirni tashkil etish bo`yicha Xalq ta`limi vazirligi tavsiyalar ishlab chiqib barcha maktablarga yubordi. Tadbirlar maktab hovlisi bog`ida yoki soya salqin ochiq maydonlarida o`tkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.

Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida tashkil  etiladi. Unda yil davomida a`lo baholarga o`qib, eng yuqori reyting ko`rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib, rag`batlantiriladi.

Shu o`rinda barchaga “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o`tkazishda, ta`lim muassasalarini yangi o`quv yiliga tayyorlash borasida o`quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig`imlari qat`iyan ta`qiqlanganligini eslatib o`tamiz.

Bundan tashqari, umumiy o`rta ta`lim muassasalari rahbarlari hamda o`qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg`alar taqdim etish, qo`shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.q.da banket yoki boshqa marosimlar) o`tkazish va engil avtomashinalarda sayr tashkil etishni oldini olishga alohida e`tibor qaratish so`raladi.

Maktablarning “Kuzatuv kengashi” a`zolariga yuqorida keltirib o`tilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar