1

"Yozganlaringizni o`qib, yoqamni ushladim... Siz bu sohaga qadam qo`ymang!" Olimjon O`sarov yosh jurnalistlarning nufuzli mukofot uchun taqdim etgan tavsifnomalaridagi qalbaki ma`lumotlarni fosh etdi

Jamiyat 20.05.2022, 19:44
Teglar: mukofot, Olimjon O`sarov
"Yozganlaringizni o`qib, yoqamni ushladim... Siz bu sohaga qadam qo`ymang!" Olimjon O`sarov yosh jurnalistlarning nufuzli mukofot uchun taqdim etgan tavsifnomalaridagi qalbaki ma`lumotlarni fosh etdi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov media sohasiga kirib kelayotgan ayrim "faol" yoshlarga murojaat qilib, tanlovlar uchun qanchalik soxtakorliklar bo`layotganini, nufuzli mukofotga tavsiya etilayotgan yoshlarning tavsifnomalarida berilayotgan yolg`on ma`lumotlarni fosh etdi.

"O`zbekiston yoshlar ishlari agentligining taklifiga ko`ra, nufuzli bir mukofotga tavsiya qilingan yoshlarning nomzodlarining ishlarini baholash bo`yicha komissiyada ishtirok etdim va komissiyaga topshirgan ishlarni va nomzodlarni ko`rib to`g`risi juda ham xursand bo`lgandim, chunki yosh-yosh yigitlarimizni erishgan yutuqlarini o`qib nihoyatda xursand bo`lgandim. Ammo ishlar bilan yaqindan tanishish arafasida shunchalik soxtakorliklarga va hujjatlarni qalbakilashtirishlarga yo`l qo`yilganini ko`rib, men shunday nufuzli mukofotga nomzodlar tomonidan shunaqangi ishlar amalga oshirilganligidan g`azablandim. Bo`lg`usi jurnalistlar adolat uchun kurashadigan yosh kadrlar tomonidan shu ish qilinganligi meni nihoyatda darg`azab qildi", - deya isbot sifatida ayrim misollarni keltirib o`tdi uyushma raisi. 

Jumladan, Qoraqalpog`iston universitetining 4-bosqich talabasi 2019 yilda "Oltin Qalam" mukofotini qo`lga kiritganman deb, o`z tavsifnomasida yozgan.  "Oltin Qalam" g`oliblari ro`yxati ko`rib chiqqilganda esa, afsuski, bu yigit bunday mukofotni qo`lga kiritmagan. Yana bir qiziq holati: 2021 yilda "Eng yaxshi bloger" respublika bosqichida 2-o`rinni qo`lga kiritgani keltirilgan. Aynan o`tgan yili "Eng yaxshi bloger" tanlovi o`tkazilmagan.

Jizzax viloyatidan yana bir yigit yozayapti: 2021 yilda "Yilning eng faol jurnalisti" deb e`tirof etilgan emish. Biroq, bu yigit ham "Yilning eng faol jurnalisti" ro`yxatida bo`lmagan. 

Qashqadaryolik jurnalist 2019 yilda Qirg`iziston Respublikasi nashriyotlarida maqolasi chop etilib, Markaziy Osiyo tarixchilari va yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinib, "Turon birligi" medali sohibiga ega bo`lganini yozgan. Yangi ovoz uyushmasiga a`zo bo`lgan ekan. 

"Bunday uyushma borligini bilmas ekanman", - deya bu kabi ko`plab yolg`on ma`lumotlarni keltirib, xayratini bildirgan O`sarov. Ta`kidlanishicha, keltirilgan ma`lumotlar, ayrimlari xolos.

"Men bu fikrlarini nima uchun aytdim? Yana bir jihati, aksariyat nomzodlar 18-25 yosh atrofidagi yigitlar, lekin ularning deyarli barchasi O`zbekiston mustaqilligining 30 yilligi ko`krak nishoni bilan taqdirlangan ekan, agar rost bo`lsa. Xulosa shuki, bo`lajak jurnalistlar, adolat uchun kurashuvchilar, agar bugunoq siz qaysidir mukofotga erishish uchun shunchalik yolg`onlarni to`qib bichayotgan bo`lsangiz, yaxshisi, bu sohaga qadam qo`ymang, bu yolg`onlar bilan jamiyatga ham, o`zizga ham zarar etkazmang", - deya mukofot uchun balanparvoz tavsifnomalar taqdim etgan yosh jurnalistlarga murojaat qilgan O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi. 

 

Sharhlar

Blogerlardan ortda qolayotgan jurnalistlar, hamon o`z binosiga ega bo`lmagan Uyushma va sohada kutilayotgan yangiliklar... Olimjon O`sarov bilan o`zbek jurnalistikasi tahliliga bag`ishlangan katta suhbat (video)

26.06.2022, 14:36

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Ayni kun munosabati bilan “darakchi.uz” O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov bilan suhbat uyushtirdi....
"Sug`diyona" gazetasi bosh muharriri va jurnalistlari mustaqillik bayrami esdalik nishoni bilan mukofotlandi(foto)

28.08.2021, 13:36

Avvalroq, "Darakchi" gazetasi bosh muharriri Barno Madalieva va "Darakchi.uz" sayti muharriri Farida Egamberdieva «O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlangani haqida xabar bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1