Magistral 3 davlatni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Evropa bilan bog`laydi.
Eng yirik loyiha sanalgan Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston yo`nalishi bo`yicha temir yo`l qurilishini boshlash ishlari joriy yilning kuzida amalga oshiriladi. Bu haqda Qirg`iziston bosh vaziri A.Japarov ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
Qayd etilishicha, temir yo`l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Magistral Xitoy, Qirg`iziston va O`zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Evropa bilan, kelgusida esa Transafg`on temir yo`li orqali Pokiston portlari bilan bog`lashi aytilmoqda.