1

Abramovich va Usmonov Britaniyaning eng badavlat odamlari o`ntaligi ro`yxatidan chiqib ketishdi

Dunyo 22.05.2022, 11:37
Abramovich va Usmonov Britaniyaning eng badavlat odamlari o`ntaligi ro`yxatidan chiqib ketishdi

Rossiyalik milliarder Abramovich The Times reytingida 20 pog`onaga tushib ketgan. Uning boyligi esa deyarli ikki barobarga qisqargan. Asli o`zbek bo`lgan Alisher Usmonov ro`yxatda olti pog`onani boy bergan.

Gazeta talqiniga ko`ra, milliarderlar Roman Abramovich va Alisher Usmonov  Buyuk Britaniyaning eng badavlat kishilari o`nligidan chiqib ketishgan.

Abramovich o`tgan yilga nisbatan 20 pog`onani yo`qotdi va sakkizinchi o`rindan 28-o`ringa tushib ketdi. Gazeta uning boyligini 2021 yildagi 12 milliard funt sterlingdan 6 milliard funt sterlingga baholamoqda.

Usmonov olti pog`onani yo`qotib, reytingning 11-pog`onasidan joy oldi. Uning boyligi, gazeta ma`lumotlariga ko`ra, 3,4 milliard funt sterlingga kamayib, 10 milliard funt sterlingni tashkil qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1