Tez kunda rejissyor Yolqin To`ychievning "Evrilish" kinokartinasining OAV vakillari hamda mutaxassislar uchun maxsus namoyishi o`tkaziladi. Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Play this” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Bu haqda agentlik Axborot xizmati xabar berdi.
Film syujeti bir shaxs misolida uning hayotida yuz bergan sinovli lahzalar, ruhiy kechinmalar va Afg`onistonda bo`lib o`tgan urush insonlar taqdirini qay tarzda o`zgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Yolqin To`ychiev, film prodyuseri Avazxon Tojixonov, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, kartina direktori Shokir Nabiev.
Rollarda Baxrom Matchonov, O`lmas O`raev, Jo`rabek Arziev, Ilmira Rahimjonova, Igor Buxaidze, Evgeniy Moskvichev, Sardor Nozimov, Sabina Asanova, Sanobar Xaqnazarova.
Suratga olish ishlari O`zbekiston, Afg`oniston, Misr va Turkiyada bo`lib o`tgan.