1

Chevrolet Tracker qachon sotuvga chiqishi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 23.05.2022, 20:40
Chevrolet Tracker qachon sotuvga chiqishi ma`lum bo`ldi

Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi qachondan boshlanishi ma`lum qilindi. Bu haqda "UzAuto Motors" rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobili sotuvining start olish sanasiga rasman teskari sanoqni boshladi.

Kompaniya Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlanishiga  100 kun qolganligini rasman ma`lum qiladi.

Joriy yilning 30 avgust sanasidan boshlab yangi avlod Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.   

Avval xabar berilganidek, "UzAuto Motors"  AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker  avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishni rejalashtirgan.  

Avtomobil LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, ko`pfunksiyali rul, kondisioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old hamda orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan.

Chevrolet Tracker  2 avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa ko`rinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko`tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklarva bolalar o`rindig`i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1