AsosiyJamiyat

Bektemirda prokuratura tashabbusi bilan o`tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarga nogironlik aravachalari taqdim etildi

'Bektemirda prokuratura tashabbusi bilan o`tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarga nogironlik aravachalari taqdim etildi'ning rasmi

Bektemir tumani prokraturasi tashabbusi bilan Toshkent shahar tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo`limi hamda tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazi bilan hamkorlikda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida sayyor qabul bo`lib o`tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu sayyor qabulda tuman aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masala va muammolar tinglandi. Tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo`limi tomonidan bepul sertifikatlar ajratildi.

Shuningdek, nogironligi bor fuqarolarga nogironlik aravachalari taqdim etildi.  Ushbu sayyor qabulga “Ortopediya industriya” korxonasi ham jalb qilinib, ehtiyojmand fuqarolarga engillik yaratish maqsadida o`lchovlar olinib, ortopediya mahsulotlari etkazib berish choralari ko`rildi.

    Boshqa yangiliklar