Sirdaryodagi YTHda besh kishi vafot etdi

Jamiyat 23.05.2022, 23:41
Sirdaryodagi YTHda besh kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 23 may kuni "Lacetti" va "Nexia" to`qnashuvi oqibatida 5 kishi vafot etdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, voqea soat 12:45 larda, Sirdaryo viloyati, Xovos tumani hududidan o`tgan A-376 avtomobil yo`lining 234-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan Sh.A. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug`ilgan U.N. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

YTH natijasida, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi Sh.A. va ushbu avtomobil salonida bo`lgan yo`lovchi, 1995 yilda tug`ilgan A.A.lar og`ir tan jarohati olib voqea joyida, shuningdek, mazkur avtomobil salonida bo`lgan yana ikki nafar yo`lovchilar: 2016 yilda tug`ilgan N.A. va 2019 yilda tug`ilgan T.A.lar hamda "Nexia" avtomobili haydovchisi N.U. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan. "Nexia" avtomobilida bo`lgan yo`lovchi, 1992 yilda tug`ilgan T.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1