1

O`zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari ma`lum qilindi

Jamiyat 24.05.2022, 08:55
O`zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari ma`lum qilindi

Markaziy bank "Moliyaviy bilim" loyihasi doirasida hozirgi kunda O`zbekiston hududida keng tarqalgan firibgarlik yo`llari bo`yicha videorolik tayyorladi. Unga ko`ra, mamlakatda firibgarlikning "Katta meros", "Sovrinli yutuq", " Telegram guruhlari" kabi turlari mavjud. 

Xususan, eng ommalashgan firibgarlik usullaridan biri — "Katta meros". Bu meros haqidagi va`da. Elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizga qaysidir xorijlik uzoq qarindoshingiz yoki familiyangiz o`xshash inson tasodif tufayli sizga katta meros qoldirgani haqida xabar keladi. Ushbu merosni qo`lga kiritishdagi dastlabki xarajatlar sizning bo`yningizda bo`ladi. Ushbu mablag`ni to`lab bo`lganingizda esa aldanganingizni bilasiz.

Sovrinli yutuq

Bir qancha saytlarga kirganingizda sizga sovrinli yorliqlar taklif etiladi. Ularda qatnashish orqali siz qimmatbaho texnika vositalarini yutib olganingiz haqida xabar keladi.

Ushbu yutuqlarni o`z yurtingizga etkazib berilishi uchun esa sizdan mablag` yoki turli savollar orqali shaxsiy hisob raqamingiz haqida ma`lumot kiritishingiz talab etiladi.

Shu orqali hisobingizdagi mablag` firibgarlar tomonidan echib olinadi.

 Telegram guruhlari

Oxirgi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlaridan yana biri (https://daryo.uz/k/2022/05/23/katta-meros-va-telegram-piramidasi-ozbekistonda-keng-tarqalgan-onlayn-firibgarlik-sxemalari-malum-boldi/) — telegram guruhlarga odam qo`shish orqali qanchadir mablag` bilan taqdirlanishdir.

Bu orqali firibgarlar o`z guruh yoki kanallarida sun`iy ravishda foydalanuvchilarni ko`paytirishga yoki telefon nomer va plastik karta ma`lumotlarini bilib olib, hisobdan pul echib olishga urinadi.

Shu tufayli turli aksiya va konkurslarga ishonib shaxsiy hisob ma`lumotlarini begonalarga oshkor etmaslik tavsiya etiladi, aks holda firibgarlik qurboniga aylanib qolish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1