1

O`zbek–qirg`iz chegarasida ikki mamlakatni bog`lovchi erosti tunneli topildi

Dunyo 24.05.2022, 09:18
O`zbek–qirg`iz chegarasida ikki mamlakatni bog`lovchi erosti tunneli topildi

O`sh viloyati Qora-Suv tumani Telman qishlog`ida Qirg`izistonni O`zbekiston bilan bog`lovchi uzunligi 270 metr bo`lgan er osti tunneli topildi. Bu haqda Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasiga tayanib Knews.kg nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, tunnelning chuqurligi 15 metr, kirish qismi 1,8 metr, eni 1,5 metr, kirish joyidan chegara chizig`igacha 40 metr, kirishdan chiqish qismigacha 270 metrni tashkil etadi.

"Yuqoridagi tunnel aniqlangan "M.A.M." uchastkasi egasiga kelsak, ushbu shaxs hozirda Jalol viloyati Qizil-Jor shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotganligi sababli, aqli rasoligi bo`yicha ikkinchi marta ekspertiza o`tkazish rejalashtirilgan",-deyiladi xabarda.

Ayni paytda jinoyat ashyolari olinmoqda, deb xabar beradi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1